KIM BOR?

Maxfiylik siyosati

Bu sahifada KIM BOR? (Telegram bot, Mini App va kimbor.app sayti) qaysi ma'lumotlarni saqlashi, nima uchun ishlatishi va kimga ko'rsatishi oddiy tilda yozilgan.

Telegram'dan olinadigan ma'lumot

Botni ishga tushirganingizda Telegram ID, ism, username va profil rasmi havolasi saqlanadi. Bu sizni tanish va e'lonlarda ko'rsatish uchun kerak.

Telegram ID boshqa foydalanuvchilarga va Mini App API javoblarida ko'rsatilmaydi.

Siz o'zingiz kiritadigan ma'lumot

Qiziqishlar, tillar, tuman, yosh oralig'i, interfeys tili; e'lonlar matni va rasmlari; uchrashuv chatidagi xabarlar; sharhlar va shikoyatlar.

Telefon raqam ixtiyoriy: Telegram kontakti orqali tasdiqlash uchun. U hech qaysi foydalanuvchiga ko'rsatilmaydi.

Joylashuv ixtiyoriy: yaqin atrofdagi e'lonlarni ko'rsatish uchun oxirgi yuborgan nuqtangiz saqlanadi. Uchrashuvning aniq joyi faqat tashkilotchi va qabul qilingan qatnashchilarga ko'rinadi.

Ishonch reytingi

Qancha e'lon yaratgan va qo'shilganingiz, kelmagan yoki kech bekor qilgan holatlar hisoblanadi. Reyting boshqa foydalanuvchilarga profilda ko'rinadi: bu xavfsiz uchrashuv uchun kerak.

Uchinchi tomon xizmatlari

AI moderatsiya: yangi e'lonlar matni va chatga yuborilgan media spam, soxta va tanishuv mazmunini aniqlash uchun AI xizmatiga (Dahl) yuboriladi.

Google Maps: yo'l ko'rsatishni so'raganingizda boshlanish nuqtangiz va uchrashuv manzili marshrut hisoblash uchun Google'ga yuboriladi; manzil qidiruvi ham Google yoki OpenStreetMap (Nominatim) orqali ishlaydi.

Google Analytics: sayt va Mini App'dan anonim foydalanish statistikasi (qaysi sahifa ochilgan). Telegram ID, ism va telefon raqam yuborilmaydi, reklama signallari o'chirilgan. Mini App sozlamalarida statistikani o'chirib qo'yish mumkin.

Telegram: barcha xabarlar va Telegram Stars to'lovlari Telegram orqali o'tadi va Telegram qoidalariga bo'ysunadi.

Saqlash va o'chirish

Ma'lumotlar loyiha serverida saqlanadi, zaxira nusxalari shifrlangan. Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.

Profilingizni va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash uchun quyidagi manzilga yozing.

Bog'lanish

Telegram botda yozing: so'rovingizga javob beramiz.

Yangilangan: 2026-yil 27-oktabr