KIM BOR?

Reja bor. Kim bor?

Futbolga ikki kishi yetmayapti, IELTS speaking'ni kim bilan mashq qilishni bilmaysiz, yoki shunchaki uyda ishlashdan zerikdingiz. Faoliyatni e'lon qiling — yaqin atrofdagilar qo'shiladi. Alohida ilova o'rnatish shart emas, hammasi Telegram ichida.

Telegram'da ochishBepul · ro'yxatdan o'tish Telegram orqali

Hozircha ochiq uchrashuv yo'q — birinchisini siz e'lon qiling.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    E'lon qiling

    Nima, qachon, qaysi tumanda va nechta odam kerak — bir daqiqalik savol-javob.

  2. 02

    Odamlar qo'shiladi

    Yaqin atrofdagi, qiziqishi mos odamlarga xabar boradi. Kimni qabul qilishni o'zingiz hal qilasiz.

  3. 03

    Uchrashasiz

    Aniq manzil faqat qabul qilinganlarga ochiladi. Eslatmalar, yo'l ko'rsatish va guruh chati bor.

Nima uchun odam qidirishadi

Notanish odam bilan uchrashish — xavfsizroq

Savollar

KIM BOR? pullikmi?

Yo'q, bot va Mini App bepul. Agar faoliyatning o'zi pullik bo'lsa (masalan, maydon ijarasi), narx e'londa yoziladi.

Qaysi shaharlarda ishlaydi?

Asosan Toshkentda, tumanlar bo'yicha. Boshqa shaharlarda ham e'lon qilish mumkin.

Ilova o'rnatish kerakmi?

Yo'q. Hammasi Telegram ichida: bot va Mini App (xarita, ro'yxat, profil).

Bu tanishuv ilovasimi?

Yo'q. Markazda odam emas, faoliyat turadi. Tanishuv e'lonlari taqiqlangan.

Reja bor. Kim bor?

Telegram'da ochish